Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали 2-том 3-нөмір (2026) · 515-521-беттер
HBV DNK-NEGATIV HOLAT VA OKKULT HBV INFEKSIYASI. KLINIK VA DIAGNOSTIK AHAMIYATI
Raximova, Durdona
Аңдатпа
Surunkali gepatit B — qonda yoki zardobda HBsAg 6 oydan ortiq muddat davomida aniqlanishi bilan ta’riflanadi. HBV DNK-negativ surunkali virusli gepatit B (inaktiv tashuvchi holati) — bu HBsAg ijobiy bo‘lgan bemorlarda HBV DNK darajasi past (<2000 IU/mL, ko‘pincha undetectable), alaninaminotransferaza (ALT) normal va jigarda nekroinflamatsiya hamda fibroz minimal darajada bo‘ladigan holatdir. Ushbu holat past replikativ faza yoki inaktiv tashuvchilik fazasi sifatida tavsiflanadi va ko‘pincha HBeAg-manfiy, anti-HBe ijobiy serologik profil bilan kechadi. Okkult HBV infeksiyasi (yashirin gepatit B) esa HBsAg manfiy bo‘lgan holda, qonda yoki jigarda HBV DNK (odatda past darajada) aniqlanadigan klinik holatdir. Bu holatda virus immun nazorat ostida saqlanib qoladi va ko‘pincha anti-HBc ijobiy bo‘ladi. Ushbu ikki holat ham klinik va diagnostik jihatdan muhim ahamiyatga ega, chunki immunosupressiya, kemoterapiya, gormonal davolash yoki organ transplantatsiyasi paytida virus reaktivatsiyasi xavfi yuqori bo‘ladi. Xususan, qon donorlari, gemodializ bemorlari va immuniteti pasaygan shaxslarda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ushbu maqolada HBV DNK-negativ holatning (inaktiv tashuvchilik) va okkult virusli gepatit B ning klinik xususiyatlari, diagnostik tamoyillari, monitoring strategiyalari ko‘rib chiqiladi hamda jahon va O‘zbekistondagi epidemiologik ma’lumotlar tahlil qilinadi.
HBV DNK-negativokkult HBV infeksiyasiqHBsAgcccDNAreaktivatsiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.