Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 15-jild 10-son (2025) · 177-181-betlar
O‘ZBEKISTON AHOLISI ORASIDA ICHAK GELMINTOZLARINING TARQALISH DINAMIKASI VA XAVF OMILLARI
Bakirov A.A., Bozorova A.H.
Annotatsiya
Ushbu maqola O‘zbekiston aholisida, ayniqsa bolalar va qishloq hududlarida yashovchi shaxslar orasida, keng tarqalgan sog‘liq muammosi bo‘lgan ichak gelmintozlarining tarqalish dinamikasi, xavf omillari va jamoat salomatligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika, davolash va oldini olish strategiyalari tahli qilinib, O‘zbekistonda mavjud vaziyat bilan solishtirma tahlil keltirilgan. O‘zbekistonda giardiaz, enterobioz, askaridoz va trikosefalyoz kabi gelmintozlarning yuqori chastotada uchrayishi qayd etilgan bo‘lib, buning asosiy sabablari sifatida sanitariya-gigiena sharoitlarining yomonligi, toza suv bilan ta’minotning etarli emasligi va sog‘liqni saqlash sohasidagi profilaktika choralarining yetarli darajada amalga oshirilmasligi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari asosida, kasallikning tarqalishini kamaytirish va aholi salomatligini yaxshilash maqsadida integratsiyalashgan profilaktika chora-tadbirlari taklif etilgan.
Ichak gelmintozlari, O‘zbekiston, tarqalish dinamikasi, xavf omillari, jamoat salomatligi, profilaktika, bolalar, sanitariya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.