Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 15-jild 10-son (2025) · 310-315-betlar

O’TKIR INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNI BAHOLASH

Tolibov D.S., Qarshiboyeva N.I., Yusupov A.U.

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

O‘tkir insult rivojlangan bemorlarda kognitiv funksiyalarning dastlabki bosqichdayoq baholanishi kelajakda demensiyani o‘z vaqtida aniqlash va davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shunga qaramay, amaliyotda insultning o‘tkir fazasida kognitiv testlardan yetarli darajada foydalanilmaydi.Maqsad — o‘tkir insult bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlarda kognitiv testlarni o‘tkazish imkoniyatini baholash hamda testni bajara olgan va bajara olmagan bemorlar o‘rtasidagi klinik farqlarni aniqlashdan iborat.Metodlar: 2023 yil yanvaridan 2024 yil iyunigacha bo‘lgan davrda jami 291 nafar insult gumoni bo‘lgan bemor shifoxonaga qabul qilindi. Ulardan 280 nafarida insult tashxisi tasdiqlandi (median yosh — 73 [63–81] yosh; erkaklar ulushi — 70%; insultdan avval kognitiv pasayish alomatlari bo‘lganlar — 11%). Bemorlar uchta asosiy kognitiv testni to‘liq bajarish imkoniyatiga qarab ikki guruhga ajratildi: testni bajarganlar (testable), testni bajara olmaganlar (untestable). Natijalar 280 bemorning 72% qismi kognitiv testlarni insult boshlanganidan o‘rtacha 4 [3–5] kun o‘tgach muvaffaqiyatli bajara oldi. Guruhlar o‘rtasida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli tafovutlar qayd etildi: Yosh: 70 [60–79] yosh vs 77 [70–85] yosh (p < 0.0001) IQCODE bo‘yicha kognitiv pasayish darajasi: 79 [78–89] vs 83 [79–95] (p = 0.012) NIHSS bo‘yicha insult og‘irligi: 3 [2–6] vs 13 [5–17] (p < 0.0001 Logistik regressiya tahliliga ko‘ra, kognitiv testlarni bajara olmaslikning mustaqil xavf omillari quyidagilar bo‘ldi: katta yosh NIHSS bo‘yicha yuqori baho, insultgacha kognitiv pasayishning mavjud bo‘lishi. Xulosa: O‘tkir insult bilan kasallangan bemorlarning qariyb uchdan ikki qismi (72%) kognitiv testlarni muvaffaqiyatli bajarishga qodir ekanligi aniqlandi. Ushbu imkoniyat ayniqsa yoshroq, insultga qadar kognitiv salohiyati saqlangan va insultning yengil darajasini boshdan kechirgan bemorlarda yuqori bo‘ldi. Kognitiv funksiyalarni erta bosqichda baholash demensiyani o‘z vaqtida aniqlash, differensial tashxis qo‘yish va erta davolash strategiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Demensiya, o’tkir insult, neyropsixologik test, Mini-Mental State Examination (MMSE), Monreal Cognitive Assessment (MoCA)

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Tolibov D.S., Qarshiboyeva N.I. & Yusupov A.U. (2025). O’TKIR INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNI BAHOLASH. Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 15(10), 310-315.
GOST R 7.0.5
Tolibov D.S., Qarshiboyeva N.I., Yusupov A.U. O’TKIR INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNI BAHOLASH // Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии. 2025. Т. 15. № 10. С. 310-315.
BibTeX
@article{n.i.2025,
  author  = {Tolibov D.S., Qarshiboyeva N.I. and Yusupov A.U.},
  title   = {O’TKIR INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNI BAHOLASH},
  journal = {Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии},
  year    = {2025},
  volume  = {15},
  number  = {10},
  pages   = {310-315}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tolibov D.S., Qarshiboyeva N.I.
AU  - Yusupov A.U.
TI  - O’TKIR INSULT BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNI BAHOLASH
JO  - Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии
PY  - 2025
VL  - 15
IS  - 10
SP  - 310
EP  - 315
ER  -