Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 16-jild 11-son (2025) · 237-246-betlar
OSHQOZON EPITELIYASIDA IS GAZI TA’SIRIDA RIVOJLANGAN DISTROFIK O‘ZGARISHLARNING MORFOMETRIK VA GISTOLOGIK BAHOLANISHI
Xodjiyev F.B., Hasanova D.A.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot is gazining (CO) surunkali ta’siri natijasida oshqozon shilliq qavatida yuzaga keladigan gistostruktural va morfometrik o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Eksperimental sharoitda kalamushlar organizmida is gazining past dozali uzoq muddatli ta’sirida shilliq qavat epiteliyida distrofik o‘zgarishlar, bezlar sonining kamayishi va stromal elementlarning kuchayishi qayd etildi. Qushqo‘nmas (Asparagus officinalis) moyi tarkibidagi oqsilga bog‘lanmaydigan va proteolitik fermentlar bilan parchalanmaydigan biologik faol moddalar yordamida bu o‘zgarishlar korreksiya qilinganida, shilliq qavat tuzilmasining tiklanishi va yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi kuzatildi. Natijalar is gazidan zaharlanishning oshqozon to‘qimalariga ta’sirini kamaytirishda qushqo‘nmas moyi istiqbolli vosita ekanini ko‘rsatdi.
is gazi, oshqozon shilliq qavati, distrofik o‘zgarishlar, morfometriya, qushqo‘nmas moyi, antioksidant.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.