Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 19-jild 14-son (2026) · 232-237-betlar
TURLI KIMYOVIY TARKIBLI ICHIMLIK SUVLARI ISTE’MOLI SHAROITIDA URUG‘DON TO‘QIMASINING MORFOMETRIK KO‘RSATKICHLARIDAGI O‘ZGARISHLAR (EKSPERIMENTAL TADQIQOT)
Aslonov J.F., Qodirov O.O‘.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot turli kimyoviy tarkibli ichimlik suvlari iste’moli sharoitida urug‘don to‘qimasining morfometrik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni eksperimental sharoitda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida laboratoriya kalamushlari tanlab olinib, ular turli kimyoviy tarkibli ichimlik suvlari bilan ta’minlangan. Eksperiment davomida urug‘don to‘qimalarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari histologik usullar yordamida o‘rganildi. Urug‘ naychalari diametri, spermatogen epiteliy qalinligi hamda interstitsial to‘qima holati baholandi. Olingan natijalar turli kimyoviy tarkibli suvlar ta’siri ostida urug‘don to‘qimasida muayyan morfologik o‘zgarishlar yuzaga kelishini ko‘rsatdi. Xususan, spermatogen epiteliy qalinligining kamayishi, urug‘ naychalari diametrining o‘zgarishi hamda spermatogenez jarayonining buzilishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari turli kimyoviy tarkibli ichimlik suvlari erkak reproduktiv tizimi organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatadi. Olingan ma’lumotlar reproduktiv salomatlikni saqlash hamda ekologik omillarning organizmga ta’sirini baholashda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
urug‘don, morfometriya, ichimlik suvi, kimyoviy tarkib, spermatogenez, eksperimental tadqiqot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.