Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 21-jild 16-son (2026) · 44-51-betlar
SUT BEZI SARATONIDA IMMUNOGISTOKIMYOVIY MARKERLAR EKSPRESSIYASINING KLINIK-PATOLOGIK XUSUSIYATLARI
Kurbonova Z.Ch., Turobova M.Y.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot sut bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarda immunogistokimyoviy markerlar (ER, PR va HER2) ekspressiyasining klinik-patologik xususiyatlarini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 142 nafar bemorning klinik, morfologik va immunogistokimyoviy ma’lumotlari tahlil qilindi. O‘smalarning gistologik darajasi, TNM bosqichi, limfa tugunlari zararlanishi hamda molekulyar subtiplar bilan immunogistokimyoviy markerlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, ER va PR ekspressiyasi asosan yuqori differensiyalashgan va luminal subtipdagi o‘smalarda ko‘proq uchrashi, HER2 giperekspressiyasi esa agressiv biologik xususiyatlarga ega o‘smalarda nisbatan yuqori aniqlanishi kuzatildi. Shuningdek, markerlar ekspressiyasi o‘smaning differensiyalanish darajasi va klinik-patologik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi aniqlandi. Olingan natijalar sut bezi saratoni biologik xususiyatlarini baholash, molekulyar subtiplarni aniqlash, prognozni belgilash hamda individual davolash taktikasini tanlashda immunogistokimyoviy markerlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.