Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии 21-jild 16-son (2026) · 193-197-betlar
TALABALARDA O‘SIMLIK SUVLI EKSTRAKTI BILAN OG‘IZ CHAYISHNING TUFTELIN KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
Xakimova Z.K., Kazakova N.N., Mamatova I.Y.
Annotatsiya
ushbu maqolada zamonaviy stomatologiyada tish emalining mineral tarkibini saqlash, boshlang‘ich demineralizatsiya jarayonlarini erta aniqlash va kariyesning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim tibbiy-profilaktik vazifalardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari dunyoda qariyb 3,7 milliard kishiga ta’sir ko‘rsatadi, davolanmagan doimiy tishlar kariyesi esa eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biridir. Kariyesning yuqori tarqalishi tish emalini himoya qiluvchi xavfsiz, iqtisodiy jihatdan qulay va muntazam foydalanish mumkin bo‘lgan profilaktik vositalarni ishlab chiqish zaruratini belgilaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.