Фарғона методика мактаби № 1 (2024) · Саҳифаҳои 145-152
TALABALARDA VATANPARVARLIKNI ARTPEDAGOGIKA VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Madaliyev Raxmiddin Ismoilovich
Аннотатсия
Mazkur maqolada talabalar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish uchun artpedagogika vositalarini qo‘llash texnologiyalari tahlil qilinadi. Artpedagogika san’at va pedagogikaning integratsiyasi sifatida talabalarning estetik didi, milliy qadriyatlarga hurmati hamda Vatanga bo‘lgan mehrini shakllantirishda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda vatanparvarlikni rivojlantirish jarayonida san’atning musiqa, teatr, tasviriy san’at, kino va boshqa turlaridan foydalanish metodlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada artpedagogikaning texnologik yondashuvlari, jumladan, interaktiv mashg‘ulotlar, ijodiy loyiha faoliyati va o‘quvchilarning amaliy ishtiroki orqali vatanparvarlikni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik modellarning ahamiyati ochib beriladi. Ushbu texnologiyalar talabalarning nafaqat ma’naviy-madaniy, balki shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar oliy ta’lim muassasalari, pedagoglar va psixologlar uchun o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishda uslubiy asos sifatida foydalanilishi mumkin.
vatanparvarlik, artpedagogika, talabalar, estetik tarbiya, texnologiya, ijodiy rivojlanish.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.