Фарғона методика мактаби Issue 2 (2025) · pp. 104-109
Raqamli texnologiyalar yordamida pedagogik innovatsiyalarni joriy etish muammolari
Sodiqova Nozanin Nodirjonovna
Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar yordamida pedagogik innovatsiyalarni joriy etish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash sharoitlarini aniqlash va o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zaruratini asoslashdan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil, so‘rovnoma va statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, metodik qo‘llanmalar kamligi, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligi pastligi hamda talabalar motivatsiyasining sustligi asosiy muammolar sifatida belgilandi. Xulosalarda esa ushbu muammolarni hal etish uchun raqamli infratuzilmani rivojlantirish, o‘qituvchilarni raqamli ko‘nikmalarga o‘rgatish, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish va talabalar uchun samarali motivatsion muhit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
raqamli texnologiyalar, pedagogik innovatsiyalar, ta’lim sifati, raqamli kompetensiya, blended learning, masofaviy ta’lim, motivatsiya, metodik qo‘llanmalar, o‘qituvchi, talaba.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.