Фарғона методика мактаби 2-сан (2025) · 155-160-беттер
Zararli odatlarga qarshi kurashishda pedagogik immunitetni shakllantirishga oid xalqaro tajribalar
Nabiyeva Mohichehra Elyorjon qizi –
Аннотация
Ushbu maqolada zararli odatlarga qarshi kurashishda pedagogik immunitetni shakllantirishning xalqaro tajribalari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi xorijiy mamlakatlarda (Finlyandiya, Yaponiya, Kanada) sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ta’limiy dasturlarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-pedagogik, kontent va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, pedagogik immunitetni shakllantirish erta profilaktika, oila-maktab hamkorligi va sog‘lom qadriyatlarni ta’lim jarayoniga singdirish orqali samarali amalga oshiriladi. Xulosa sifatida, pedagogik immunitet yoshlarning sog‘lom, ma’naviy yetuk va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi qayd etilgan.
pedagogik immunitet, sog‘lom turmush tarzi, profilaktika, xalqaro tajriba, oila-maktab hamkorligi, tarbiya, ijtimoiy kompetensiya, ma’naviy qadriyatlar, yoshlar, ta’lim tizimi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.