Фарғона методика мактаби 2-сан (2025) · 172-177-беттер
Metakognitiv o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda gamifikatsiyalangan o‘quv muhitining didaktik asoslari
Muxtoriy Mohro‘yi Sodirzoda
Аннотация
Metakognitiv o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z bilim jarayonini boshqara olishi va refleksiv tahlil yuritish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu maqolada gamifikatsiyalangan o‘quv muhitining didaktik asoslarini ishlab chiqish orqali metakognitiv o‘qish jarayonini yangi bosqichga olib chiqishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, o‘yin elementlari va interaktiv mexanizmlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda qiziqish, motivatsiya va ichki kognitiv faollikni oshirishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola doirasida didaktika, metakognitsiya va gamifikatsiya o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqilib, boshlang‘ich ta’lim jarayonida ularning uyg‘unlashuvi orqali o‘quvchilarning o‘qish faoliyatini boshqarish, rejalashtirish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion model taklif etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish konsepsiyasini chuqurlashtirish va XXI asr kompetensiyalariga ega shaxsni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
metakognitiv o‘qish, gamifikatsiya, didaktika, o‘quv muhiti, raqamli ta’lim, refleksiv tafakkur, motivatsiya, mustaqil o‘rganish, boshlang‘ich ta’lim, innovatsion pedagogika.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.