Фарғона методика мактаби № 2 (2025) · Саҳифаҳои 195-200
O‘zbek va nemis tillarida bayram bilan bog‘liq frazeologizmlarning semantik va pragmatik tahlili
Yunusaliyeva Nozimaxon Zuxriddin qizi
Аннотатсия
Mazkur maqolada o‘zbek va nemis tillaridagi bayram bilan bog‘liq frazeologizmlar semantik va pragmatik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi ikki tilda mavjud bo‘lgan bayramga oid frazeologik birliklarning ma’no, qo‘llanish sohasi va madaniy mazmunini aniqlashdir. Tadqiqotda qiyosiy, kontekstual va semantik tahlil metodlari qo‘llanildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilidagi frazeologizmlar jamoaviylik, marosimiy qadriyatlar va diniy an’anolarni aks ettiradi, nemis tilidagi frazeologizmlar esa shaxsiy his-tuyg‘ular va individual kayfiyatni ifodalaydi. Xulosa sifatida, madaniyatlararo tafovutlar frazeologizmlarning pragmatik qo‘llanilishida muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi. Ushbu natijalar til o‘rganishda madaniy kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.
frazeologizm, bayram, semantika, pragmatika, o‘zbek tili, nemis tili, madaniyat, an’ana, milliy qadriyat, tilshunoslik
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.