Фарғона методика мактаби Issue 2 (2025) · pp. 16-22
TRIZ texnologiyalari asosida ijodiy tafakkurni oshirish metodikasi
Nabiyeva Nigora Nodirjon qizi
Abstract
Mazkur maqolada 5-7-sinf ona tili darslarida TRIZ texnologiyalari asosida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga doir metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda TRIZ texnologiyasining didaktik imkoniyatlari, o‘quvchilarning tahliliy, muammoli va ijodiy fikrlashini faollashtirishdagi o‘rni hamda uning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. TRIZ texnologiyasi asosida darslarni muammoli, analitik va ijodiy yo‘nalishda tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni yechish, nutqiy faollik va mantiqiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, maqolada TRIZ elementlarini ona tili darslari mazmuni bilan uyg‘unlashtirishning samarali shakllari, integratsiyalashgan topshiriqlarni qo‘llash tajribalari hamda pedagogik samaradorlikni oshirish yo‘llari amaliy misollar asosida tahlil qilinadi.
TRIZ, ijodiy tafakkur, muammoli ta’lim, metodika, ona tili, analitik fikrlash.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.