Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 23-29-betlar

Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi

Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi bugungi kun talabidan kelib chiqib, kreativ yondashuv asosida takomillashtirilgan. Bugungi kunga qadar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirish jarayonini texnologiyalashtirish muammosi ko‘plab tadqiqotchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, MDH olimlari V.Maksimova, L.Klikova, R.Djandosov, mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari F.Rabbimova, N.Yuldashevalar talabalarning badiiy-estetik kompetentligini rivojlantirishning turli texnologiyalarini amaliyotga joriy etganlar. Badiiy-estetik tarbiya texnologiyalarining xarakterli jihatlari ta’lim subyektlarida izlanuvchanlik faoliyatining birgalikda amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Hissiy-obrazli, muhokama va tanlov natijasida shaxslararo mustahkam hamkorlikdagi harakat vujudga keladi. Badiiy-estetik tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar talabalarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qituvchi hamda talabalar orasidagi demokratik munosabatlarni ta’minlashga imkon berishi natijasida badiiy-estetik ta’limning sifati va samaradorligiga erishiladi. Ushbu jihatlarni hisobga olga holda, mazkur maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy estetik kompetentligini rivojlantrish texnologiyasining to‘rt bosqichdan iborat (motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli, shaxsiy-rivojlantiruvchi) pedagogik algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash usullari va vositalari yoritilib berilgan.

badiiy-estetik, kompetentlik, texnologiya, modulli texnologiya, algoritm, kreativ yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li (2025). Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini  rivojlantirish texnologiyasi. Фарғона методика мактаби, (2), 23-29.
GOST R 7.0.5
Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini  rivojlantirish texnologiyasi // Фарғона методика мактаби. 2025. № 2. С. 23-29.
BibTeX
@article{o‘g‘li2025,
  author  = {Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li},
  title   = {Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini  rivojlantirish texnologiyasi},
  journal = {Фарғона методика мактаби},
  year    = {2025},
  number  = {2},
  pages   = {23-29}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li
TI  - Talabalarning badiiy – estetik kompetentligini  rivojlantirish texnologiyasi
JO  - Фарғона методика мактаби
PY  - 2025
IS  - 2
SP  - 23
EP  - 29
ER  -