Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 37-42-betlar
12-14 yoshli gandbolchilarda darvozaga toʻp otishdagi aniqlik va samaradorlikni rivojlantirish metodikasi
Islomov Islomxo‘ja Azimxo‘jayevich
Annotatsiya
Mazkur maqolada 12–14 yoshli gandbolchilarda darvozaga to‘p otish jarayonidagi aniqlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda yosh sportchilarning jismoniy va texnik rivojlanish xususiyatlari, otish mexanikasi, koordinatsiya qobiliyati va taktik fikrlashi bilan bog‘liq o‘ziga xos omillar yoritiladi. Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan maxsus mashqlar kompleksi, bosqichma-bosqich o‘rgatish prinsiplari, o‘yin vaziyatlariga moslashtirilgan texnik-taktik topshiriqlar hamda raqib qarshiligida otish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari 12–14 yoshli gandbolchilarning zarba aniqligini oshirish, o‘yin faoliyatini takomillashtirish va musobaqaviy natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
gandbol, to‘p otish aniqligi, integratsion mashqlar, pozitsion mashqlar, o‘smir sportchilari, jismoniy tayyorgarlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.