Фарғона методика мактаби 2-сан (2025) · 92-96-беттер
Talabalarning kognitiv avtonomiyasini rivojlantirish: nazariy va metodologik yondashuvlar
Mamadiyeva Zilola Shavkat qizi
Аннотация
Ushbu maqolada talabalarda kognitiv avtonomiyani rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Kognitiv avtonomiya talabaning mustaqil fikrlashi, muammoni yechish, qaror qabul qilish va shaxsiy intellektual pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim kompetensiya sifatida baholangan. Maqolada kognitiv avtonomiya mazmuni, uning psixologik-pedagogik komponentlari, ta’lim jarayonida rivojlanish mexanizmlari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tutgan o‘rni ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalari talabalarda mustaqil ta’lim motivatsiyasi va reflektiv tafakkurni shakllantirish ta’lim sifati va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosiy omillaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
kognitiv avtonomiya, mustaqil fikrlash, refleksiya, kompetensiya, talaba faolligi, o‘qitish metodologiyasi
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.