Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 168-173-betlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlashni rivojlantirishda raqamli gamifikatsion vositalarning pedagogik samaradorligi
Xursanova Zilola Mirzaxolmatovna, Saloydinova Sevaraxon Mahammadsharif qizi
Annotatsiya
Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, xususan gamifikatsion vositalar o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlash – ya’ni bir masalaga bir nechta yechim topa olish, ijodiy yondashuv, noan’anaviy fikrlar generatsiyasi XXI asr ko‘nikmalarining muhim tarkibiy qismidir. Raqamli gamifikatsiya o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish va ijodiy fikrlashni qo‘llabquvvatlash imkoniyatiga ega. Mazkur tadqiqotning maqsadi – raqamli gamifikatsion vositalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlashni rivojlantirishdagi pedagogik samaradorligini aniqlash, baholash va ilmiy asoslashdir. Ushbu maqolada raqamli gamifikatsion vositalar asosida tashkil etilgan o‘quv muhitining didaktik asoslari ishlab chiqilib, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlash jarayonini faollashtirishdagi ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli o‘yin elementlari, interaktiv topshiriqlar va kreativ muammoli vazifalarni gamifikatsiya mexanizmlarida qo‘llash orqali o‘quvchilarda motivatsiya, faol kognitiv jarayonlar va ijodiy tafakkurning kuchayishiga erishish yo‘llari tahlil qilinadi.
divergent fikrlash, gamifikatsiya, boshlang‘ich ta’lim, motivatsiya, pedagogik texnologiyalar, ijodiy yondashuv, kreativ g‘oya, raqamli gamifikatsiya, ijodiy yondashuv, innovatsion yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.