Фарғона методика мактаби 2-son (2025) · 193-197-betlar
Xalq og‘zaki ijodi yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasi
Olimova Nilufar Qosimjon qizi, Prxoniddinova Gulxayo Faxriddin qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini rivojlantirish yoritildi. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodining – ertak, maqol, topishmoq, tez aytish o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, ifodali va ravon nutqini shakllantirish, mantiqiy fikrlash hamda muloqot madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi vositalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyati, mustaqil fikrlashi va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada xalq og‘zaki ijodining ta’limdagi ahamiyatini yanada chuqurroq ochib berib, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy metodik tavsiyalarni taqdim etadi.
xalq og‘zaki ijodi, nutqni rivojlantirish, to‘g‘ri talaffuz, muloqot madaniyati, maqol, topishmoq, tez aytish, ertak.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.