Фарғона методика мактаби 2-том 3-сан (2025) · 3-10-беттер
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari
O‘rinova Nilufar Muhammadovna
Аннотация
ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatigatayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari kompleks yondashuv asosidatahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tyutorlik faoliyati bo‘lajak pedagogning o‘quv, ilmiytadqiqot, tashkiliy-boshqaruv hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat turlari bilan uzviy bog‘liqkasbiy faoliyat shakli sifatida asoslanadi. Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etishuchun zarur bo‘lgan o‘quv, axborot, tashkiliy, loyihaviy, metodik, psixologik va baholashyo‘nalishlari mazmunan yoritilib, ularning har biri bo‘lajak o‘qituvchining kasbiytayyorgarligini shakllantirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotdatyutorlik faoliyatining asosiy pedagogik xususiyatlari sifatida shaxsga yo‘naltirilganta’limni amalga oshirish, ta’lim jarayonini individuallashtirish, talabalarning mustaqilta’lim olish va hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metod vatexnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil etiladi. Psixologik jihatdan esa refleksiya,empatiya, motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, kommunikativ kompetentlik vamoslashuvchan fikrlash tyutorlik faoliyatining muhim tarkibiy qismlari sifatidaasoslanadi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning tyutorlik kompetensiyasinishakllantiruvchi motivatsion-aksiologik, kognitiv-operatsion va shaxsiy-refleksivkomponentlarning mazmuni ochib berilib, ularning kasbiy tayyorgarlikdagi o‘rni ilmiyjihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatigatayyorlash jarayonini takomillashtirish uchun metodik va amaliy tavsiyalar ishlabchiqishga xizmat qiladi.
tyutorlik faoliyati, bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, tyutorlik kompetensiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, refleksiya, motivatsiya, kasbiy kompetensiya.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.