Фарғона методика мактаби Ҷилди 2 № 3 (2025) · Саҳифаҳои 11-16
Husayn Voiz Koshifiy asarlari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning nazariy-didaktik asoslari
Mexmonaliyev Shodibek Navfal o‘g‘li
Аннотатсия
Mazkur maqolada Sharq mutafakkiri Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy-pedagogik merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomayi Sultoniy” hamda “Anvori Suhayliy” asarlarida ilgari surilgan axloqiy tamoyillar tizimli o‘rganildi. Ushbu asarlarda adolat, halollik, sabr-toqat, rahm-shafqat, ijtimoiy mas’uliyat va shaxsiy kamolot g‘oyalari yetakchi o‘rin tutishi aniqlandi. Mazkur qadriyatlarning bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari Koshifiy merosidan pedagogik ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
aqliy-axloqiy qadriyatlar, Husayn Voiz Koshifiy, bo‘lajak o‘qituvchi, axloqiy tarbiya, pedagogik meros
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.