Фарғона методика мактаби Том 2 № 3 (2025) · с. 40-50
Dislaliya tashxisli bolalarda fonematik eshituv, differensial talaffuz, so‘z boyligi ustida ishlar
Maxmudova Oygul Toxirjonovna, Ibrohimova Hosiyatxon Solijon qizi
Аннотация
Mazkur maqolada dislaliya tashxisli bolalarda nutqning muhim tarkibiy jihatlari bo‘lgan fonematik eshituv, differensial talaffuz hamda so‘z boyligini rivojlantirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritildi. Tadqiqotda dislaliyaning kelib chiqish omillari, logopedik tashxis qo‘yish mezonlari, fonematik idrokni baholash va shakllantirish yo‘llari, tovushlarni farqlash (differensiatsiya) jarayonining metodik asoslari bayon etildi. Shuningdek, logopedik ishni bosqichma-bosqich tashkil etish (tayyorlov, tovush qo‘yish, avtomatizatsiya, differensiatsiya) hamda lug‘atni boyitishga qaratilgan o‘yin-mashqlar tizimi (mavzuli lug‘at, rasmlar asosida hikoya tuzish, antonim-sinonimlar bilan ishlash) tavsiflandi. Maqola yakunida dislaliya bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar – mashg‘ulotlarning muntazamligi, ota-ona hamkorligi, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish va individual yondashuv tamoyillari asoslab berildi.
dislaliya, fonematik eshituv, fonematik idrok, differensial talaffuz, artikulyatsion gimnastika, avtomatizatsiya, logopedik mashg‘ulot, lug‘at boyligi, nutqni rivojlantirish.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.