Фарғона методика мактаби Volume 2 Issue 3 (2025) · pp. 61-69
Motor afaziyada nutq buzilishining asosiy belgilari
Maxmudova Oygul Toxirjonovna, Qurchiyeva Madina Baxrom qizi
Abstract
Ushbu maqola motor afaziyaning klinik belgilari, tashxis va reabilitatsiya yondashuvlarini ilmiy jihatdan kengaytirib, neyrolingvistik va logopedik yondashuvlarni tizimli tarzda yoritadi.Motor afaziya bilan og‘rigan bemorlarning artikulyatsiyasi buziladi, tovushlar chala-chulpa va notekis talaffuz qilinadi, nutqni qayta takrorlash va so‘zlarni ketma-ketlikda hosil qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu bilan birga, bemorlarning o‘qish va yozish qobiliyati ham og‘zaki nutq bilan bog‘liq tarzda buziladi: yozma matnlar qisqa, grammatik jihatdan to‘liq bo‘lmagan shaklda ifodalanadi. Motor afaziya bemorda frustratsiya, depressiya va ijtimoiy izolyatsiya kabi psixologik-emotsional holatlarni yuzaga keltiradi. Diagnostika jarayonida nutq davomiyligi va ravonligi, artikulyatsiya va grammatik tuzilma, nutqni tushunish hamda o‘qish va yozish qobiliyati baholanadi. Reabilitatsiyada esa nutq terapiyasi, yodlash mashqlari, semantik-leksik ishlanmalar va kommunikatsiya strategiyalari qo‘llaniladi.
motor afaziya, Broca mintaqasi, ravon nutq, artikulyatsiya buzilishi, agrammatizm, diagnostika, reabilitatsiya
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.