Фарғона методика мактаби 2-том 3-сан (2025) · 101-112-беттер
Turli yoshdagi bolalar bilan ishlashda dialog texnikasining moslashuvi
Maxmudova Oygul Toxirjonovna, Isaqova Madina Sobirjon qizi
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar bilan logopedik amaliyotda dialog texnikasini moslashtirish masalasi nazariy hamda amaliy jihatdan yoritildi. Tadqiqotda dialogik muloqotning psixolingvistik asoslari, dialogning bolalar nutqini shakllantirishdagi o‘rni va logopedik mashg‘ulotlarda dialogni bosqichma-bosqich qo‘llash (motivatsiya, mavzuga kirish, mustahkamlash, monologik chiqish, yakuniy rag‘batlantirish) tamoyillari tahlil qilindi. Shuningdek, dialog texnikasi orqali fonematik eshituv, so‘z boyligi va grammatik tuzilmani rivojlantirish imkoniyatlari, yosh xususiyatlari hamda nutq darajasiga ko‘ra dialogni individuallashtirish yondashuvlari asoslab berildi. Maqolada uyatchan, giperaktiv yoki nutqi sust rivojlangan bolalar bilan ishlashda qo‘g‘irchoqli, harakatli va vizual tayanchli dialog mashqlaridan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham keltirildi. Natijada dialog texnikasining moslashuvchan qo‘llanilishi bolalarning nutqiy faolligi, muloqot madaniyati va kommunikativ kompetensiyasini oshirishda samarali vosita ekani xulosalandi.
dialogik nutq, nutqni rivojlantirish, kommunikativ kompetensiya, fonematik eshituv, lug‘at boyligi, interfaol metodlar, savol-javob, rolli o‘yin, individual yondashuv, nutq terapiyasi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.