Фарғона методика мактаби Ҷилди 2 № 3 (2025) · Саҳифаҳои 144-149
Steam talim sharoitida oʻquvchilarni tadqiqotchilik koʻnikmalarni shakllantirish
Hamrayeva Oynisa Farhod qizi, Oxunjonova Nilufar Nurmatjon qizi
Аннотатсия
Mazkur maqolada STEAM ta’lim yondashuvi asosida o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda STEAM ta’limning fanlararo integrativ mohiyati, loyiha va tajribaga asoslangan o‘qitish metodlarining o‘quvchilarning ilmiy tafakkuri hamda mustaqil izlanish faoliyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili asosida tadqiqotchilik ko‘nikmalarining tarkibiy komponentlari aniqlanib, ularni shakllantirishning metodologik asoslari kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar uyg‘unligida asoslab berilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari STEAM ta’lim sharoitida tashkil etilgan o‘quv jarayonining o‘quvchilarda muammoni aniqlash, gipoteza ilgari surish, tajriba o‘tkazish, ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’lim amaliyotida STEAM yondashuvini joriy etish, o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
STEAM ta’limtadqiqotchilik ko‘nikmalarifanlararo integratsiyaloyiha asosida ta’limmuammoli ta’limkompetensiyaviy yondashuvijodiy fikrlash
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.