Фарғона методика мактаби 2-том 3-сан (2025) · 150-164-беттер
Yunon-Rim kurashchilarini taktik tayyorgarligini takomillashtirishda texnik harakatlarni korrektsiyalashning ahamiyati
Nigmatov Ibroxim Maxmud o‘g‘li
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada yunon-rim kurashchilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar tahlil etilgan. Jahon miqyosidagi sport ilm-fani, biomexanika, psixofiziologiya va raqamli diagnostika yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida texnik harakatlarning fazali tahlili, mushaklar energetik samaradorligini oshirish, koordinatsiya va muvozanat mexanizmlarini rivojlantirishning ilmiy asoslari yoritilgan.Tadqiqotda sportchilarning texnik repertuarini musobaqa dinamikasiga moslashtirish, harakatlarni real jang sharoitida tezkor korreksiyalash, qaror qabul qilish tezligi va raqib harakatlarini oldindan sezish kabi taktik komponentlarning ahamiyati asoslab berilgan. Trening jarayonida uchraydigan texnik xatolarni aniqlash, ularni videoanaliz, simulyatsiya va individual yondashuv orqali tuzatishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada texnik harakatlarni korreksiyalashning videodiagnostika, individual texnika tanlash, sun’iy jangovar vaziyatlar yaratish va namoyishli o‘rgatish kabi usullari ilmiy asoslangan holda tavsiflangan. Tadqiqot natijalari yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik salohiyatini oshirishda texnik harakatlarning moslashtirilgan, takomillashgan va barqaror bajarilishi hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv musobaqalarda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydigan samarali tayyorgarlik modelini shakllantirishga xizmat qiladi.
tezkorlik, chaqqonlik, portlovchi kuch, tadqiqot boshi, boshlang‘ich tayyorgarlik, mashg‘ulot uslubi, yuklama intensivligi, funksional tayyorgarlik, biomekanik tamoyillar.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.