Фарғона методика мактаби 2-том 3-нөмір (2025) · 170-176-беттер
Vitagen ta’lim texnologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirish
Tursunboyeva Kamola Ilxomjon qizi
Аңдатпа
Mazkur maqolada vitagen ta’lim texnologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining perseptiv qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi shaxsining kasbiy kompetentligini shakllantirish, xususan, o‘quvchini idrok etish, anglash, tushunish va baholash bilan bog‘liq bo‘lgan perseptiv qobiliyatlarni rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Vitagen ta’lim texnologiyasi shaxsning hayotiy tajribasi, subyektiv bilimi va individual idrok xususiyatlarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash orqali o‘rganishni faollashtiruvchi samarali vosita sifatida tahlil qilingan. Maqolada nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, suhbat, diagnostik metodlar va tajriba-sinov ishlari asosida olingan natijalar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari vitagen ta’lim texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida perseptiv sezgirlik, pedagogik kuzatuvchanlik va refleksiv tafakkurni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
vitagen ta’lim texnologiyasi, perseptiv qobiliyat, bo‘lajak o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik idrok, kasbiy kompetensiya, refleksiya.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.