Фарғона методика мактаби Volume 2 Issue 3 (2025) · pp. 177-183
Jadidchilik harakati va uning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarining shakllanish bosqichlari
Abdullayev Ro‘zimuxammad Akramjon o‘g‘li
Abstract
Mazkur maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida muhim burilish yasagan jadidchilik harakati hamda uning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarining shakllanish jarayoni tarixiy-pedagogik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lishiga olib kelgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy omillar, an’anaviy ta’lim tizimining inqirozi, yangi usul maktablarining vujudga kelishi va jadid pedagogikasining konseptual asoslari bosqichma-bosqich yoritiladi. Tadqiqot davomida tarixiy-genetik, tarixiy-taqqoshlash, kontent-tahlil, aksiologik va pedagogik-germenevtik metodlardan foydalanildi. Natijalar jadidchilik harakati nafaqat madaniy yoki siyosiy hodisa, balki milliy ta’lim tizimini yangilashga qaratilgan mukammal pedagogik konsepsiya ekanligini ko‘rsatadi.
jadidchilik, ma’rifatparvarlik, ta’lim islohoti, yangi usul maktablari, milliy uyg‘onish, pedagogik tafakkur
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.