Фарғона методика мактаби 1-нөмір (2026) · 63-68-беттер
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlarning o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’siri
Nuriddinova Mohlaroyim Shavkatjon qizi
Аңдатпа
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Interfaol yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishga ijobiy ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar va zamonaviy pedagogik konsepsiyalar asosida interfaol metodlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli yoritilgan. Interfaol metodlar o‘quvchilarda hamkorlikda ishlash, samarali muloqot qilish, muammoli vaziyatlarni hal etish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlardan tizimli va maqsadli foydalanish o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini oshiradi hamda bilimlarni chuqur va barqaror o‘zlashtirishga zamin yaratadi.
an’anaviy ta’lim, boshlang‘ich sinf, interfaol metodlar, o‘qitish metodlari, kommunikativ qobilyat, faol o‘rganish, jamoa bilan ishlash, innovatsion metodlar.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.