Фарғона методика мактаби Issue 1 (2026) · pp. 122-128
Inklyuziv ta’lim tushunchasi va uning boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni
Soliyev Ilxomjon Sobirovich, Zilolaxon G‘ofurova Abdumanop qizi
Abstract
Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasining nazariy asoslari hamda uning boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari, uning pedagogik mohiyati va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim bosqichida inklyuziv yondashuvni joriy etishning o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi, kommunikativ ko‘nikmalari va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligiga, pedagogik yondashuvlarning to‘g‘ri tanlanishiga hamda ta’lim muhitining moslashtirilganligiga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, inklyuziv ta’limni joriy etishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada inklyuziv ta’limni rivojlantirish istiqbollari asoslab berilib, uning boshlang‘ich ta’lim tizimidagi ahamiyati yoritilgan.
Inklyuziv ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik yondashuv, individuallashtirish, differensial ta’lim, ijtimoiy moslashuv, pedagogik kompetentlik, ta’lim samaradorligi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.