Фарғона методика мактаби 1-san (2026) · 129-133-betler
Maktabgacha yoshdagi bolalarda muhandislik tafakkurining psixologik-pedagogik omillari: yosh xususiyatlari, rivojlanish shartlari, o‘yin va konstruksiyalashning ahamiyati
Djalalov Baxromjan Begmurzayevich, Kurbanova Xilolaxon Alisher qizi
Annotaciya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda muhandislik tafakkurining shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik-pedagogik omillar kompleks tarzda tahlil qilingan. Xususan, bolalarning yosh xususiyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanish bosqichlari hamda ta’lim muhitining ahamiyati yoritilgan. O‘yin va konstruksiyalash faoliyatining muhandislik tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, pedagogik rahbarlik, ijtimoiy-psixologik omillar hamda robototexnika elementlarini joriy etish orqali bolalarda texnik, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada muhandislik tafakkurini shakllantirishda o‘yinli ta’lim texnologiyalari va konstruktiv faoliyatning integratsiyasi muhim pedagogik shart sifatida e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’lim, muhandislik tafakkuri, psixologik-pedagogik omillar, yosh xususiyatlari, o‘yin faoliyati, konstruksiyalash, robototexnika, STEM-ta’lim, texnik fikrlash, ijodiy rivojlanish, algoritmik tafakkur, ta’lim muhiti.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.