Фарғона методика мактаби 1-son (2026) · 179-184-betlar
8–9-sinf o‘quvchilarida milliy hunarmandchilik asosida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari
Abdullayeva Komila Tursunovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8–9-sinf o‘quvchilarida milliy hunarmandchilik faoliyati orqali tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik asoslari keng tahlil qilinadi. Tadqiqot kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faoliyatga asoslangan o‘qitish hamda loyiha metodlari integratsiyasi doirasida olib borilgan. Maqolada o‘quvchilarning iqtisodiy tafakkuri, kreativ fikrlashi, tashabbuskorligi va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, pedagogik sharoitlar, didaktik model, baholash mezonlari hamda iqtisodiy hisob-kitob formulalari tizimli tarzda yoritiladi.
tadbirkorlik kompetensiyasi, milliy hunarmandchilik, kompetensiyaviy ta’lim, kreativ fikrlash, loyiha asosida o‘qitish, iqtisodiy savodxonlik, pedagogik mexanizm, soft skills.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.