Фарғона методика мактаби 1-san (2026) · 234-240-betler
Formativ baholash kompetensiyasining pedagogik mohiyati va tuzilmasi
Egamberdiyev, Ortiqov G‘ulomjon Solijonovich
Annotaciya
Mazkur maqolada formativ baholash kompetensiyasining pedagogik mohiyati, mazmuni va tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvning keng joriy etilishi sharoitida formativ baholashning o‘quvchilar ta’lim natijalarini yaxshilashdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida milliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, formativ baholash kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv komponentlari aniqlangan. Shuningdek, formativ baholashning samarali teskari aloqa, o‘z-o‘zini baholash va ta’lim jarayonini individuallashtirish imkoniyatlarini ta’minlovchi pedagogik mexanizm sifatidagi xususiyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari formativ baholash kompetensiyasini rivojlantirish ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy kompetentligini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
formativ baholash, kompetensiya, formativ baholash kompetensiyasi, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik faoliyat, teskari aloqa, baholash mezonlari, refleksiya, ta’lim sifati, pedagogik texnologiyalar.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.