Фарғона методика мактаби Issue 2 (2026) · pp. 92-97
Globallashuv sharoitida “O‘zini o‘zi yo‘qotish” xavfi: maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy an’analar orqali madaniy identifikatsiyani mustahkamlashning pedagogik mexanizmlari
To‘ychiyeva Shoxidaxon Qaxramon qizi
Abstract
Ushbu maqola globallashuv jarayonlarining maktabgacha yoshdagi bolalar madaniy identifikatsiyasiga ta’sirini tahlil qilish va milliy an’analar orqali ushbu identifikatsiyani mustahkamlashning pedagogik mexanizmlarini asoslashga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi - maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy urf-odat va an’analar asosida bolalarda madaniy o‘zlikni anglashni shakllantirishning nazariy-pedagogik modelini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniy identifikatsiya shakllanishining eng muhim davri bo‘lib, aynan shu bosqichda milliy an’analar pedagogik vosita sifatida qo‘llansa, globallashuvning salbiy ta’siriga nisbatan barqarorlik kuchayadi. Xulosa sifatida, milliy an’analar asosida madaniy identifikatsiyani mustahkamlashning uch bosqichli pedagogik modeli taklif etilgan.
madaniy identifikatsiya, maktabgacha ta’lim, milliy an’analar, globallashuv, urf-odatlar, milliy o‘zlik, pedagogik mexanizm, bolalar tarbiyasi, qadriyatlar, milliy meros.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.