Фарғона методика мактаби 2-son (2026) · 107-115-betlar
Sportda harakatlar va texnika estetikasi
Rasulov Zohiddin O‘sarovich
Annotatsiya
Sport inson faoliyatining yuksak ruhiy va jismoniy qobilyati bo‘lib, unda harakatlar nafaqat samaradorlik, balki estetik jihatdan ham baholanadi. Har bir sport turi o‘ziga xos harakatlar tizimiga ega bo‘lib, bu tizim sportchining individual mahorati, jismoniy holati, taktek va texnik tayyorgarligi hamda estetik hissi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Harakatlar estetikasi va texnikasining uyg‘unligi nafaqat yuksak sport natijalarini ta’minlaydi, balki tomoshaboplik, jozibadorlik va sportning madaniy ahamiyatini ham oshiradi. Shu sababli, sportda harakatlar va texnika estetikasini chuqur o‘rganish nafaqat amaliyot nuqtayi nazaridan, balki nazariy-metodologik jihatdan ahamiyatga ega.
jismoniy sifat, harakat malakasi, harakat texnikasi, harakat taktikasi, sport o‘yinlari, sport musobaqalari, badiiy gimnastika, tomosha, tajriba, estetik zavq, estetik his-tuyg‘u, psixalogik ko‘rsatma, jozibadorlik, sport madaniyati.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.