Фарғона методика мактаби Issue 2 (2026) · pp. 141-146
Parameditsina yo‘nalishi talabalarini tibbiy mаqsаdlаrdа ingliz tiliga o‘qitishning pedagogik asoslari
Yaxshiboyeva Gulbahor Oybek qizi
Abstract
Zamonaviy tibbiyot taʼlimi talabalardan nafaqat tibbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni, balki xalqaro kommunikatsiyaga tayyor bo‘lishni ham talab qilmoqda. Xususan, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ingliz tilini o‘rgatish bugungi global sharoitda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ingliz tili nafaqat xalqaro ilmiy axborot almashinuvining asosiy vositasi, balki tibbiyot sohasi uchun o‘ziga xos atamalar va terminologiyani o‘z ichiga olgan muhim kasbiy kommunikatsiya vositasidir. Shu sababli, tibbiy ingliz tilini o‘rgatish o‘zining texnik murakkabligi, aniqlikka asoslangan muloqot talablari va sog‘liqni saqlash tizimidagi spetsifik mazmuni bilan boshqa tillarni o‘qitishdan sezilarli darajada farq qiladi.
task-based learning, simulyatsion treninglar, audio-video vositalar, contextual learning, communicative approach, kompetentlik yondashuv.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.