Фарғона методика мактаби № 2 (2026) · с. 175-181
Talaba-qizlarning jismoniy faolligini monitoring qilish
Uraimov Sanjar Ro‘zmatovich, Mirmuxammadova Yoqutxon
Аннотация
Maqolada oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talaba-qizlarning jismoniy faolligini va yurak-qon tomir tizimi funksional zaxirasini monitoring qilish masalalari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi - 18-22 yoshdagi talaba-qizlarning yurak-qon tomir tizimi funksional imkoniyatlarini Ruffye indeksi yordamida baholash va jismoniy faollik darajasi bilan bogʻliqligini aniqlash. Materiallar va metodlar. Tadqiqotda Fargʻona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti talaba-qizlari (tajriba guruhi, n=10) va Filologiya fakulteti talaba-qizlari (nazorat guruhi, n=10) ishtirok etdi. Ruffye indeksi (IR) standart uch bosqichli protokol asosida aniqlandi: dastlabki yurak urish tezligi (P₁), yuklamadan soʻng darhol yurak urishi (P₂) va yuklamadan 1 daqiqa oʻtgach yurak urishi (P₃) oʻlchandi. Maʼlumotlar M±SD koʻrinishida keltirildi, guruhlararo farq mustaqil namunalar uchun Student t-mezoni bilan baholandi. Natijalar. Tajriba guruhida Ruffye indeksi 6,60±0,38 (6,0–7,2) boʻlib, “yaxshi” va “qoniqarli” darajalarga; nazorat guruhida 12,08±0,89 (10,6–13,0) boʻlib, “oʻrtacha” va “qoniqarsiz” darajalarga mos keldi (t = –18,01; p < 0,001; Cohen d = 8,05; 95% CI: 5,41–10,70). Muntazam jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanadigan talaba-qizlarning yurak-qon tomir tizimi funksional zaxirasi sezilarli darajada yuqori boʻlib, bu oliy taʼlim tizimida qizlar uchun maqsadli jismoniy mashgʻulot dasturlarini joriy etish zarurligini tasdiqlaydi.
jismoniy faollik, monitoring, Ruffye indeksi, talaba-qizlar, yurak-qon tomir tizimi, funksional zaxira, sogʻlom turmush tarzi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.