Фарғона методика мактаби 3-сан (2026) · 40-44-беттер
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi orqali tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari
Tojiboyeva Roziyaxon Mahmudjon qizi
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq ijodi vositasida vatanparvarlik va tolerantlik ruhida tarbiyalashning didaktik imkoniyatlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodi namunalari ertaklar, maqollar, topishmoqlar, rivoyatlar va milliy qadriyatlarning bolalarda milliy o‘zlikni anglash, ona Vatanga muhabbat, bag‘rikenglik hamda ijtimoiy hamjihatlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tarbiyaviy jarayonda innovatsion pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va integrativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida xalq ijodi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyani takomillashtirishga xizmat qiladi.
etnopedagogik yondashuv, folklor didaktikasi, tolerant tafakkur, ma’naviy identifikatsiya, milliy mentalitet, qadriyatlar integratsiyasi, kommunikativ madaniyat, bag‘rikenglik kompetensiyasi, tarbiyaviy folklorizm, milliy o‘zlik refleksiyasi, ma’naviy-axloqiy transformatsiya.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.