Фарғона методика мактаби 4-san (2026) · 40-44-betler
O‘rta asr islom pedagogik tafakkurida Burhoniddin Zarnujiyning o‘rni va pedagogik merosining shakllanish omillari
Abduhalimova Nigora Turdali qizi
Annotaciya
Mazkur maqolada Burhoniddin Zarnujiyning pedagogik qarashlari hamda ularning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi allomaning pedagogik merosining shakllanish omillarini aniqlash va uning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyatini yoritishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-pedagogik, qiyosiy-tahliliy va manbashunoslik metodlaridan foydalanildi. Asosiy manba sifatida “Ta’lim al-muta’allim tariq at-ta’allum” asari o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Zarnujiy pedagogik qarashlarining shakllanishida Movarounnahr ilmiy muhiti, hanafiylik mazhabining ma’rifiy an’analari hamda o‘rta asr madrasalari faoliyati muhim o‘rin tutganligi aniqlandi. Shuningdek, alloma tomonidan ilgari surilgan ta’lim motivatsiyasi, ustoz-shogird munosabatlari, axloqiy tarbiya va mustaqil ta’limga oid g‘oyalar zamonaviy ta’limning shaxsga yo‘naltirilganlik va uzluksizlik tamoyillari bilan uyg‘un ekanligi asoslandi. Xulosa sifatida Zarnujiy pedagogik merosi milliy pedagogik qadriyatlarni rivojlantirish va yoshlarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim nazariy manba ekanligi qayd etildi.
Burhoniddin Zarnujiy, islom pedagogikasi, pedagogik meros, ta’lim-tarbiya, ustoz-shogird munosabatlari, axloqiy tarbiya, ilm olish madaniyati, Movarounnahr, madrasalar, ma’naviy kamolot, ta’lim metodlari, pedagogik tafakkur.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.