Фарғона методика мактаби 4-son (2026) · 55-60-betlar
Globallashuv sharoitida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida oilalarda milliy va tarixiy tarbiyani saqlab qolishning ilmiy-pedagogik asoslari
Aripov Shokirjon Olimovich, Qambarjon Tursunaliyev Qaxramon o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada globallashuv sharoitida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida oilalarda milliy va tarixiy tarbiyani saqlab qolishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda globallashuv jarayonlarining oilaviy tarbiya tizimiga ta’siri, milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, oilada milliy o‘zlikni shakllantirish, tarixiy xotirani mustahkamlash va mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari oilaviy tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
globallashuvoilaviy tarbiyamilliy tarbiyatarixiy tarbiyamilliy g‘oyama’naviyatpedagogik yondashuvlarinnovatsion texnologiyalarmafkuraviy immunitetmilliy o‘zlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.