Фарғона методика мактаби 3-сан (2026) · 113-120-беттер
Anton Pavlovich Chexov hikoyalarida badiiy ong va narrativ strukturaning pedagogik ahamiyati: estetik tarbiya va shaxs ma’naviy kamoloti masalalari
Abdullayeva Dilraboxon Rustamovna
Аннотация
Mazkur maqolada Anton Pavlovich Chexov hikoyalarida badiiy ong va narrativ strukturaning pedagogik ahamiyati, ularning ta’lim-tarbiya jarayonida shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlashdagi imkoniyatlari ilmiy-nazariy hamda metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda adib hikoyalarining kompozitsion qurilishi, narrativ strategiyalari, fokallashtirish, psixologik tasvir, badiiy detal va muallif narratsiyasining estetik-tarbiyaviy funksiyalari pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan. Maqolada badiiy ongning inson ruhiyati, axloqiy qarashlari, hayotiy qadriyatlari va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilib, Chexov hikoyalaridan ta’lim jarayonida estetik tarbiya, axloqiy tarbiya hamda talabalarning tanqidiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, badiiy matnni pedagogik tahlil qilish orqali ta’lim oluvchilarda kitobxonlik madaniyati, empatiya, mustaqil fikrlash, ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida narratologik, psixopoetik, germenevtik hamda pedagogik tahlil metodlaridan foydalanilib, Chexov hikoyalarining tarbiyaviy va rivojlantiruvchi imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari adabiyot ta’limi metodikasini takomillashtirish, badiiy asarlardan pedagogik maqsadlarda samarali foydalanish hamda talabalarning estetik va ma’naviy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Anton Pavlovich Chexov, hikoya, badiiy ong, narrativ struktura, pedagogik tahlil, estetik tarbiya, ma’naviy kamolot, axloqiy tarbiya, badiiy matn, kitobxonlik kompetensiyasi, refleksiv tafakkur, narratologiya, poetika, psixologik tasvir, badiiy detal, pedagogik texnologiya, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.