Фарғона методика мактаби Issue 4 (2026) · pp. 147-150
Talabalarga ingliz tili nazariy kursini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning metodik asoslari
Tursunova Shohsanam Botirjon qizi
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga ingliz tili nazariy kurslarini (nazariy grammatika, fonetika, leksikologiya, stilistika) o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar nuqtai nazaridan talaba markazli ta’limning ahamiyati va interfaol metodlarning talabalarda lingvistik, kommunikativ hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Aqliy hujum”, “Think-Pair-Share”, “Case Study”, “Munozara” va “Concept Mapping” kabi metodlar nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat qiladi.
ingliz tili nazariy kursi, lingvodidaktika, interfaol metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy kompetensiya, bo‘lajak o‘qituvchi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.