Фарғона методика мактаби 4-нөмір (2026) · 205-208-беттер
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarining axborot kompetentsiyasini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
Xoshimova Xulkaroy Xoshimjon qizi
Аңдатпа
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentsiyasini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, metodik asoslari hamda samaradorligi tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi pedagog kadrlarning axborot bilan ishlash kompetentligiga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Tadqiqot davomida innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonining talabalarning axborotni izlash, qayta ishlash, tahlil qilish va undan kasbiy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni axborot kompetentsiyasini rivojlantirishning samarali vositasi ekanligini ko‘rsatdi.
axborot kompetentsiyasi, innovatsion texnologiyalar, raqamli ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, AKT, pedagogik texnologiyalar, kasbiy kompetentlik.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.