Фарғона методика мактаби 3-нөмір (2026) · 212-215-беттер
Nutq buzilishlari mavjud bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari
Sharipov Mirjalol Jamoladdin o‘g‘li
Аңдатпа
Mazkur maqolada nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari, nutq buzilishlarining asosiy turlari hamda ularning bolaning shaxsiy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Nutqning insonning muloqoti, tafakkuri va ijtimoiy moslashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, artikulyatsion, fonetik-fonematik, leksik-grammatik va nutqning temp-ritmik buzilishlari haqida ma’lumot berilgan. Nutq buzilishlarining bolalarda o‘ziga ishonchsizlik, tortinchoqlik, muloqotdan chekinish, hissiy zo‘riqish va ijtimoiy faollikning pasayishiga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Maqolada nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda logopedik, pedagogik va psixologik yordamni kompleks tashkil etishning ahamiyati asoslangan.
nutq buzilishi, nutq kamchiligi, bola psixologiyasi, logopediya, fonetik-fonematik buzilish, leksik-grammatik buzilish, muloqot, shaxsiy rivojlanish, psixologik xususiyatlar, korreksion yordam.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.