Фарғона методика мактаби Issue 3 (2026) · pp. 290-296
Adabiy ta’limda badiiy matnni ko‘p bosqichli tahlil qilish metodikasini takomillashtirish
Abdujabborova Nilufar Rustamjon qizi
Abstract
Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida badiiy matnni ko‘p bosqichli tahlil qilish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi - o‘quvchilarning badiiy asarni chuqur anglash, mustaqil tahlil qilish va estetik munosabat bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bosqichma-bosqich yondashuvni asoslashdan iborat. Ishda nazariy tahlil, qiyosiy-taqqoslash va pedagogik kuzatuv usullaridan foydalanildi. Natijada badiiy matnni o‘rganishning besh bosqichli modeli ishlab chiqildi: idrok etish, mazmuniy-syujetli tahlil, badiiy-estetik tahlil, g‘oyaviy-tematik interpretatsiya va ijodiy-baholash. Taklif etilgan metodika o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirilishi mumkinligi va adabiy ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berildi.
badiiy matn, ko‘p bosqichli tahlil, adabiy ta’lim, metodika, idrok etish, interpretatsiya, adabiy tahlil malakasi, estetik tarbiya, o‘quv tahlili, badiiy asar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.