Фарғона методика мактаби Issue 2 (2026) · pp. 239-244
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijodiy faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari
Qo‘shaqov Farrux Furqat o‘g‘li
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijodiy faolligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari nazariy-metodik jihatdan tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan kasbiy talablar uning faqat lingvistik bilim va ko‘nikmalarni egallashi bilan cheklanib qolmasdan, ta’lim jarayonini mustaqil loyihalash, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, innovatsion metod va texnologiyalarni maqsadga muvofiq tanlash, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos metodik yechimlar ishlab chiqish hamda o‘z pedagogik faoliyatini refleksiv tahlil qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishini talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining ijodiy faolligini rivojlantirish oliy ta’lim tizimida kasbiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Maqolada ijodiy faollik tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilib, uning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv tarkibiy qismlari asoslangan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi, ijodiy faollik, kreativlik, kasbiy kompetensiya, pedagogik asos, ingliz tili o‘qitish metodikasi, kommunikativ yondashuv, kreativ pedagogika, innovatsion ta’lim, pedagogik loyihalash, muammoli ta’lim, refleksiv faoliyat, pedagogik vaziyat
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.