Фарғона методика мактаби Issue 2 (2026) · pp. 245-251
Raqamli tarbiya kontekstida bolaning avtonomiyasi va nazorat o‘rtasidagi pedagogik muvozanat: xalqaro tajribalarning dialektik tahlili
Boltayeva Go‘zal Komilovna
Abstract
Mazkur maqolada raqamli tarbiya sharoitida bolaning mustaqilligi (avtonomiyasi) va pedagogik-ota-ona nazorati o‘rtasidagi muvozanat muammosi dialektik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Bolalarning raqamli texnologiyalardan erkin foydalanishi, raqamli kompetensiya va mas’uliyatni shakllantirish bilan bir qatorda, ularni zararli kontent, kiberxavflar va raqamli qaramlikdan himoya qilish zarurati yoritiladi. Xalqaro tajribalar asosida raqamli muhitda nazorat va erkinlikni uyg‘unlashtirish, bolaning yosh xususiyatlariga mos raqamli avtonomiyasini bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda oila va ta’lim muassasasi hamkorligini kuchaytirishning pedagogik ahamiyati asoslanadi.
raqamli tarbiya, bola avtonomiyasi, pedagogik nazorat, ota-ona nazorati, raqamli kompetensiya, raqamli xavfsizlik, kiberxavf, raqamli mas’uliyat, xalqaro tajriba, dialektik yondashuv.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.