Фарғона методика мактаби Issue 2 (2026) · pp. 286-290
Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy rezilyentligini shakllantirish tamoyillari
Madaminova Dilnoza Bohodirjon qizi
Abstract
Ushbu maqolada raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy rezilyentligini shakllantirish tamoyillari nazariy-pedagogik jihatdan yoritilgan. Kasbiy rezilyentlik pedagogik faoliyatdagi o‘zgarishlar, noaniqliklar, texnologik muammolar, axborot yuklamasi va kasbiy qiyinchiliklarga ongli ravishda moslashish, mavjud shaxsiy hamda ijtimoiy resurslardan foydalanish, faoliyat samaradorligini tiklash va kasbiy rivojlanishni davom ettirishga xizmat qiluvchi integrativ sifat sifatida izohlangan. Kasbiy rezilyentlik muammolilik, subyektlilik, refleksivlik, hamkorlik, raqamli xavfsizlik, emotsional-ekologik muvozanat, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, nazariya va amaliyot birligi hamda diagnostik teskari aloqa tamoyillari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida asoslangan.
raqamli ta’lim, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy rezilyentlik, pedagogik tamoyil, raqamli kompetensiya, adaptivlik, refleksiya, kasbiy barqarorlik, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, raqamli xavfsizlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.