Фарғона методика мактаби № 2 (2026) · Саҳифаҳои 291-297
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari kasbiy kompetentligini shakllantirish, rivojlantirish jarayonini tashkil etish texnologiyasi
Djabbarov Farrux Tirkashevich
Аннотатсия
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining kasbiy kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini tashkil etish texnologiyasi tadqiq etilgan. Maqolada mavzuning nazariy-metodologik asoslari yoritilgan, direktorlar kasbiy kompetentligining tarkibiy komponentlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-mazmuniy, faoliyat-amaliy, refleksiv-baholovchi) ilmiy asoslangan holda tavsiflangan. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, 120 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ishtirokida o‘tkazilgan diagnostik tadqiqot natijalari keltirilgan. Kasbiy kompetentlikni bosqichma-bosqich (diagnostika, loyihalashtirish, amalga oshirish, monitoring va refleksiya) shakllantiruvchi texnologik model ishlab chiqilgan hamda uning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Olingan natijalar maktabgacha ta’lim boshqaruvi sifatini oshirishga, rahbar kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
maktabgacha ta’lim, tashkilot direktori, kasbiy kompetentlik, boshqaruv kompetensiyasi, kasbiy rivojlanish texnologiyasi, uzluksiz ta’lim, malaka oshirish, menejerlik ko‘nikmalari, pedagogik boshqaruv.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.