Фарғона методика мактаби Issue 5 (2026) · pp. 3-8
Talabalarda aksiologik kompetensiyani rivojlantirish mexanizmlari: prinsiplari va bosqichlari
Siddikov Bahtiyorjon Saidqulovich
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarda aksiologik kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari, mazmuni, prinsiplari va bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Aksiologik kompetensiya shaxsning umuminsoniy, milliy, kasbiy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglash, ularni baholash, shaxsiy e’tiqod va hayotiy faoliyatida namoyon etish qobiliyatini ifodalovchi integrativ sifat sifatida talqin qilinadi. Tadqiqotda aksiologik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faoliyatli yondashuv hamda refleksiv yondashuvning imkoniyatlari asosida aksiologik kompetensiyani rivojlantirishning bosqichli modeli taklif etilgan. Shuningdek, talabalarning qadriyatli munosabatlarini shakllantirishda pedagogik shart-sharoitlar, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, refleksiv topshiriqlar va amaliy faoliyatning ahamiyati asoslangan.
aksiologiya, aksiologik kompetensiya, qadriyat, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik mexanizm, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.