Фарғона методика мактаби Issue 5 (2026) · pp. 14-18
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijtimoiylashuvida ota-onaning ta’siri va ijtimoiylashuv jarayonidagi o‘zaro hamkorlik omillari
Abduboqiyeva Oʻgʻiloy Muqimjon qizi
Abstract
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ijtimoiylashuvida oilaviy muhit, ota-onaning shaxsiy namunasi, obro‘-e’tibori, tarbiyaviy ta’sir usullari hamda milliy qadriyatlarning o‘rni yoritiladi. Oiladagi muloqot, o‘zaro tenglik va hurmatga asoslangan munosabatlarning bolaning ijtimoiy xulqi va shaxsiy sifatlari shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, avtoritar va liberal munosabatlarning tarbiyaviy oqibatlari, rag‘batlantirish va jazolashdan me’yorida foydalanish, ota-onaning pedagogik-psixologik madaniyati hamda milliy qadriyatlarga asoslangan faoliyatlarning bolaning ijtimoiy tajribasini boyitishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
kichik maktab yoshi, ijtimoiylashuv, oila, ota-ona, tarbiya, oilaviy muhit, shaxsiy namuna, ota-ona obro‘si, muloqot, rag‘batlantirish, milliy qadriyatlar, ijtimoiy hamkorlik.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.